Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari uchun yangi yotoqxona binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi
2026-01-12 13:05:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida oʻquvchilar uchun yangidan qurib, bitkazilgan yotoqxona binosi tantanali ravishda foydalanishga topshirildi.
Ushbu tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Qashqadaryo viloyati hokimligi, viloyat FVB boshligʻi va kuch-tuzilmalar rahbarlari, faxriylar, keng jamoatchilik hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ushbu yotoqxonaning ochilishi oʻquvchilar uchun munosib tuxfa boʻldi. Yotoqxona bugungi kun talabiga mos keladigan barcha zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.
Tadbir jarayonida ishtirokchilar oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
