"Xalq va armiya - bir tan, bir jon"
2026-01-10 13:10:00 / Yangiliklar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB tomonidan "Xalq va armiya - bir tan, bir jon" shiori ostida OAV vakillari, bloger va yoshlar uchun press-tur tashkil etildi.
Unda ishtirokchilarga sohada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qo‘llaniladigan texnika va asbob-uskunalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, amaliy va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar namoyish etildi.
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillarining qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan javoblar berildi.
