“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-10 12:30:00 / Yangiliklar

Farg‘ona va Xorazm viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida tashkil etilgan videomuloqot davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z xizmat burchini ado etayotgan qutqaruvchi (askar)larning ota-onalari bilan samimiy muloqotlar o‘tkazildi. Unda farzandlarining Vatanga sadoqat bilan xizmat qilayotgani, ularning namunali xulqi va tashabbuskorligi alohida e’tirof etildi. Muloqot yakunida xizmatda o‘zini ijobiy tomondan namoyon etib kelayotgan qutqaruvchi (askar)larning ota-onalariga boshqarma boshliqlari nomidan tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tgan “Vatanparvarlik festivali” doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda boshqa Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Unda, amaliy ko‘rgazmali chiqishlari amalga oshirilib, fuqarolarga ko‘tarinki kayfiyat, yoshlar orasida esa vatanparvarlik ruhini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.






