“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-10 10:15:00 / Yangiliklar

“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Samarqand, Farg‘ona viloyatlari FVB hamda FVV Akademiyasi shaxsiy tarkibi ishtirokida "Shukronalik soati", "Mahorat darslari" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlar davomida Vatanga sadoqat, fidoyilik va jasorat kabi yuksak fazilatlar ulug‘lanib, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash yo‘lida xizmat qilayotgan qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnati e’tirof etildi. Shuningdek, xizmat burchini namunali bajarayotgan xodimlarning fidokorona mehnati e’tirof etilib, yosh xodimlarda Vatanga sadoqat, mas’uliyat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar tashkil etildi.




