“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-09 17:15:00 / Yangiliklar

“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Toshkent shahar FVBB hamda Buxoro, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlari FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlarda, xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Unda, ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, tarixiy voqealar va bebaho madaniy yodgorliklar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Farg‘ona viloyatida harbiy xizmatchilar farzandlari o‘rtasida rassomchilik san'ati bo‘yicha musobaqa o‘tkazilib, g‘oliblar munosib taqdirlandi.




