"Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlar
2026-01-09 15:10:00 / Yangiliklar

Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari FVB hamda FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazi tomonidan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" ma’naviy-ma’rifiy tadbirlari boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda faxriylar, harbiy xizmatchilar va yoshlar ishtirok etib, Vatanga sadoqat, harbiy burch, mardlik va fidoyilik kabi yuksak qadriyatlar haqida mazmunli muloqot olib borildi. Faxriylar ustozlar tomonidan xizmat va hayot yoʻlida orttirilgan tajribalar, ibratli voqealar yoshlarga yetkazildi.
Tadbir davomida yoshlarning savollariga batafsil javoblar berilib, ularning qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik, milliy gʻurur va masʼuliyat tuygʻularini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.



