Profilaktik tadbirlar — xavfsiz hayot garovi
2026-01-09 10:45:00 / Yangiliklar
Yurtimiz bo‘ylab "Xavfsiz xonadon oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar uyushqoqlik bilan olib borilmoqda.

Respublikamiz bo‘ylab qish mavsumini betalafot o‘tkazish shuningdek, mavsumda is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasi chaqnashi, yong‘inlar va boshqa noxush hodisalarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Ushbu tadbirlar xonadonlarda, qurilish va ijtimoiy soha obyektlarida, bozorlarda va boshqa obyektlarda tashkil etilmoqda.
O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarning aksariyati joyida bartaraf etilishiga erishilmoqda. Shuningdek, aholiga xavfsizlik qoidalari o‘zida aks etgan maxsus eslatmalar tarqatilmoqda.








