Hududlarda "Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
2026-01-09 08:50:00 / Yangiliklar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda "LUOK" obyektlarida favqulodda vaziyatlar markazi tomonidan taniqli sportchilar ishtirokida “Vatan tuygʻusi barcha narsadan qadrli!” mavzusida davra suhbati va mahorat darslari tashkil etildi.

Chempionlar harbiy xizmatchilarga oʻzlarining sportda va hayotda erishgan ulkan yutuqlari, qiziqish hamda maqsadlari haqida gapirib berishdi. Ayniqsa, xalqaro musobaqalardagi bahslarda ona Vatanga muhabbat, yurt va yaqinlarning ishonchi ularga hamisha dalda, ruhiy madad boʻlganligi taʼkidlandi.
Bu kabi tadbirlar harbiylarimizda vatanparvarlik hissini kuchaytirish, ularda mardlik, jasurlik, metin iroda xislatlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.





