Samarqandda “Xavfsiz xonadon oyligi” doirasida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi
2026-01-08 12:20:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyati FVB tomonidan “Xavfsiz xonadon oyligi” doirasida Samarqand shahrining “Qorasuv” massivida joylashgan ko‘p qavatli aholi turar joylarida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.
Mashg‘ulotda shartli yong‘in yuzaga sharoitida insonlarni qutqarish hamda yong‘in oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarning harakatlari tahlil qilinib, mas'ullar tomonidan baholandi.





