“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-08 12:15:00 / Yangiliklar

“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm va Namangan viloyatlari FVB shaxsiy tarkibi ishtirokida muzeyda ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Mazkur tadbirlarda xodimlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy tariximiz va boy madaniy merosimizga bo‘lgan hurmat va e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida ishtirokchilar muzey ekspozitsiyalari bilan yaqindan tanishib, ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li, tarixiy voqealar va bebaho madaniy yodgorliklar haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.






