"Uch avlod" uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi
2026-01-07 15:45:00 / Yangiliklar

“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Toshkent shahar FVBB va Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida “Uch avlod” uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘z tajribalari, unutilmas xotiralari hamda yosh avlod uchun ibratli hayot saboqlarini ulashdilar. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha harbiy va qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etildi.




