“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-07 10:55:00 / Yangiliklar

“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Buxoro, Samarqand va Navoiy viloyatlari FVBda Qoraqalpogʻiston Respublikasida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan muddatli harbiy xizmatchilarning ota-onalari ishtirokida “Qutqaruvchi (askar) ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.
Ushbu uchrashuv ota-onalar uchun farzandlarining xizmat sharoitlari va ruhiy holati bilan yaqindan tanishish, askarlar uchun esa oila aʼzolarining qoʻllab-quvvatlovini his etish imkonini berdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi tomonidan askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilib, ularning farzand tarbiyasidagi fidoyiligi, Vatanga sadoqatli va mard yigitlarni voyaga yetkazganliklari alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, harbiy burchga sadoqat kabi ezgu qadriyatlar keng targʻib etildi.









