“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2026-01-06 10:15:00 / Yangiliklar
“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Namangan davlat texnika universitetida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida vatanparvarlik festivali tashkil etildi.
Unda, Namangan viloyati FVB, Mudofaa ishlari bo‘limi, hokimiyat vakillari shuningdek, talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirdagi maxsus qutqaruv texnikalari namoyishi hamda mudofaa harbiy orkestrining jonli kuy-qo‘shiqlari yoshlarga yuqori kayfiyat baxsh etdi.
