Surxondaryo viloyati FVBda "Vatanparvarlik oyligi" doirasida “Uch avlod” uchrashuvi o‘tkazildi
2026-01-05 14:50:00 / Yangiliklar

Tadbirda Qurolli Kuchlar tarkibida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligini taʼminlash yo‘lida fidokorona xizmat qilgan faxriylar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida faxriylar o‘z tajribalari, unutilmas xotiralari hamda yosh avlod uchun ibratli hayot saboqlarini ulashdilar. Bugungi tinch va osoyishta hayotimiz, yurtimiz ravnaqi yo‘lida xizmat qilayotgan barcha harbiy va qutqaruvchilarning mashaqqatli mehnati alohida eʼtirof etildi.



