HURMATLI FUQAROLAR❗️
2026-01-05 11:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-yanvar kunidan 31-yanvar kuniga qadar mamlakatimizda "Xavfsiz xonadon oyligi" o‘tkazilmoqda.

💢 Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yurtimiz aholisini ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.
🔹 Oylik doirasida quyidagi yo‘nalishlarda targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi:
— Uy-joylarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
— Talabalar yotoqxonalari va turar joylarida profilaktika tadbirlarini kuchaytirish;
— Tunda odamlar qoladigan obyektlarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash;
— Qurilish maydonlarida yong‘in xavfsizligini ta‘minlash.
— Yong‘in, is gazi va gaz chaqnashidan muhofazalanish bo‘yicha aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini shakllantirish.
📞 Favqulodda vaziyatlarda 112, 101, 1050 raqamlariga murojaat qiling.
