Yangi yilda yangi sarguzashtlar!
2026-01-01 08:50:00 / Yangiliklar
FVV Akademiyasida Yashnobod tumani 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun "Yangi yil sarguzashtlari" nomli bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Mazkur tadbirdan koʻzlangan maqsad - bolajonlarga quvonch ulashish, ularning qalbida yangi yil shukuhi va bayramona kayfiyatni yanada oshirishdan iborat boʻldi.
Tadbir davomida bolajonlar uchun bayramona madaniy dastur namoyish etilib, sahna koʻrinishlari, qoʻshiqlar, raqslar hamda yangi yilga bagʻishlangan chiqishlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir doirasida bolajonlar uchun bayramona dasturxon ham tashkil etildi.
Tadbir yakunida Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga yangi yil sovgʻalari topshirildi. Bu esa bolajonlarning quvonchini yanada oshirib, ularda unutilmas taassurotlar qoldirdi.






