Fargʻona viloyati FVBda yangi yil bayrami tadbirlarini xavfsiz oʻtkazish yuzasidan yoʻriqnoma yigʻilish oʻtkazildi.
2025-12-30 17:05:00 / Yangiliklar

Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari polkovnik S.Zuparov raisligida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda viloyat FVB hamda shahar va tuman hududiy boʻlimlari boshliqlari ishtirok etdi.
Unda aholi gavjum boʻladigan joylar, ijtimoiy soha obyektlari, savdo va koʻngilochar maskanlarda olib borilayotgan profilaktik va targʻibot ishlari samaradorligini oshirish, bayram tadbirlarini xavfsiz va osoyishta oʻtkazishni taʼminlash masalalari muhokama qilinib, masʼullarga vazifalar aniq belgilab berildi.
Shuningdek, mahalla muhofazasi tizimini shakllantirish va yanada takomillashtirish, aholi bilan hamkorlikda ishlashni kuchaytirish, mahallalarda yongʻin va texnogen xavfsizlikka oid profilaktik tadbirlarni kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.


