Yangi yil bayrami arafasida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari va faxriylar holidan xabar olindi
2025-12-30 13:50:00 / Yangiliklar

Farg‘ona, Namangan va Samarqand viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari tomonidan xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolari, shuningdek, uzoq yillar davomida tizimda samarali faoliyat yuritib, bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olindi.
Uchrashuvlar davomida faxriylar, marhum xodimlarning farzandlari va yaqinlari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib, ularning xalq xizmatida, yurt ravnaqi yo‘lida ko‘rsatgan fidoyiligi va jasorati yodga olindi. Shuningdek, tadbir doirasida bolajonlarga Yangi yil bayrami munosabati bilan esdalik sovg‘alari topshirildi.




