"Mahalla muhofazasi" pilot loyihasi amalda
2025-12-29 15:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida" 2025-yil 20-oktyabr kunidagi PQ-310-son Qaroriga asosan, Toshkent viloyati hududida sinov tariqasida "Mahalla muhofazasi" loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida, mahallalarda samarali texnik profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yiladi.
Ya'ni, aholi turar joylarida is gazidan zaharlanish hamda havo-gaz aralashmasi chaqnashi kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida, aholi xonadonlari va xizmat ko‘rsatish obyektlaridagi gaz plitalari, isitish qozonlari, dudburonlar (olovdan himoya qilish va pech-mo‘rikon) va ventilyasiya tizimlariga shartnoma asosida pulli texnik xizmat ko‘rsatish ishlari olib boriladi.
"Mahalla muhofazasi" loyihasi xizmatlar ko‘rsatishda yetarli darajada bilim va ish tajribasiga ega malakali mutaxassislar bilan jamlangan bo‘lib, uning moddiy-texnik bazasi (xonalar, maxsus texnikalar, asbob-anjomlar, kiyim bosh va hokazo) ham yaratildi.







