“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni”
2025-12-29 15:00:00 / Yangiliklar
“Milliy armiya-Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni” shiori ostida Navoiy, Jizzax viloyatlari FVB va Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi tomonidan "Ochiq eshiklar kuni ", "Kitobxonlik soati" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar davomida yoshlarga vatanparvarlik, mardlik, jasorat va ona yurtga sadoqat tushunchalari keng yoritilib, harbiy xizmatchilar hamda favqulodda vaziyatlar xodimlarining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni kelajakda yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.






