FVV xodimi g‘olib!
2025-12-29 12:20:00 / Yangiliklar
Poytaxtimizdagi Humo Arena majmuasida professional boks bo‘yicha All stars entertainment turniri bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi, ushbu tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimi munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Joriy yilning 26-dekabr kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida professional boks bo‘yicha All Stars Entertainment turniri bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnirda 61 kg vazn toifasida Xorazm viloyati FVB Qo‘shko‘pir tumani FVB 8-Yong‘in qutqaruv qismi qutqaruvchisi xizmatchi Qo‘ziboyev Ahmadjon Shodlikbek o‘g‘li munosib ishtirok etib g‘alaba qozondi.
