Qahramonlar oramizda
2025-12-29 11:35:00 / Yangiliklar
Toshkent shahar FVBB yosh harbiy xizmatchilari ishtirokida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir doirasida sodir bo‘lgan yong‘in vaqtida fuqarolarni qutqarishda chinakam jasorat va fidoyilik namunasini ko‘rsatgan qahramon fuqarolar alohida eʼtirof etilib, munosib taqdirlandilar.

Jumladan, Toshkent shahar FVBB hamda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti bilan hamkorlikda Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in chog‘ida fuqarolar hayotini saqlab qolishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan Humoyun Toshqorayev, Abrorxon Mahmudov hamda Nozimjon Teshayevlarning qahramonona harakatlari alohida eʼtirof etilib, ularga tashakkurnomalar topshirildi.
Tadbir davomida qahramonlar yong‘in vaqtida boshdan kechirgan hissiyotlari hamda tajribalari haqida tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdilar.
Ularning ko‘rsatgan jasorati va fidoyiligi barchamiz, ayniqsa yoshlar uchun Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va insonparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashda yorqin ibrat bo‘lib xizmat qiladi, degan umiddamiz.







