"Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!
2025-12-27 12:50:00 / Yangiliklar

"Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!" shiori ostida Qashqadaryo, Samarqand, Navoiy, Buxoro va Xorazm viloyatlari FVB xodimlari tomonidan joylarda "Ochiq eshiklar kuni", "Vatanparvarlik soati", "Kelajak soati" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi. Batafsil...
Tadbirlar davomida yoshlarga vatanparvarlik, mardlik, jasorat va ona yurtga sadoqat tushunchalari keng yoritilib, harbiy xizmatchilar hamda favqulodda vaziyatlar xodimlarining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni kelajakda yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.






