Andijon, Samarqand, Navoiy viloyatlari FVB hamda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi xodimlari tomonidan joylarda "Ochiq eshiklar kuni", "Vatanparvarlik soati", "Kelajak soati" ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi
2025-12-26 15:15:00 / Yangiliklar

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga vatanparvarlik, mardlik, jasorat va ona yurtga sadoqat tushunchalari keng yoritilib, harbiy xizmatchilar hamda favqulodda vaziyatlar xodimlarining jamiyat hayotidagi muhim o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni kelajakda yurt tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida fidokorona xizmat qilish ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.






