"Vatan – ulug‘, burch – muqaddas!”
2025-12-25 14:20:00 / Yangiliklar
O‘zbeksiton Respublikasi Qurolli Kuchlarining 34 yilligi munosabati bilan FVV Akademiyasi hamda Namangan viloyati FVB tomonidan shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda rahbarlar oʻzlarining boy hayotiy tajribasi, bosib oʻtgan mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yoʻllari haqida yoshlarga hikoya qilib, ularni Vatan xizmatiga sadoqat, matonat va masʼuliyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar. Shu bilan birga tadbir davomida o‘tkazilgan ko‘rgazmali chiqishlar, texnika namoyishlari orqali yoshlarda qutqaruvchi kasbiga bo‘lgan qiziqish yanada oshdi.







