"Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!"
2025-12-25 11:45:00 / Yangiliklar

Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tgan tadbirda faxriylar oʻzlarining boy hayotiy tajribasi, bosib oʻtgan mashaqqatli, shu bilan birga sharafli yoʻllari haqida yoshlarga hikoya qilib, ularni Vatan xizmatiga sadoqat, matonat va masʼuliyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Shuningdek, Navoiy viloyatida tashkil etilgan tadbirda rahbarlar yoshlarni kasbga qiziqtirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek, bugungi kunda yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzlarining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdilar.
Qashqadaryoda bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kitoblarda yoritilgan milliy qahramonlar hayoti, ularning Vatan ravnaqi yo‘lidagi mardona xizmatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari ushbu asarlar harbiy xizmatchilarni ona yurtga muhabbat va fidoyilik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.








