“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2025-12-24 10:45:00 / Yangiliklar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Fargʻona va Jizzax viloyatlari FVB tomonidan “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida “Jasorat sinfi” oʻquvchilari bilan "Milliy armiyamiz - mustaqilligimiz kafolatidir" mavzusida Vatanparvarlik darslari tashkil etildi.

Unda oʻquvchi-yoshlarga mashaqqatli, ammo sharafli boʻlgan qutqaruvchilik kasbining oʻziga xos jihatlari haqida atroflicha tushunchalar berilib, ularning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Shuningdek, ofitser boʻlish istagida boʻlgan yoshlarga FVV Akademiyasi xususida batafsil maʼlumot berildi. Yakunnda faol yoshlarga kitoblar jamlanmasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.









