Rahbar va yoshlar muloqoti: masʼuliyat, vatanparvarlik va xizmat burchi
2025-12-23 17:30:00 / Yangiliklar
Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi boshligʻi va Maxsus qutqaruv batalyoni komandiri ishtirokida "Milliy armiyamiz — Yangi O‘zbekiston poydevori" shiori ostida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

Tadbir davomida tizimda xizmat olib borayotgan yosh xodimlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuvda harbiy intizom, vatanparvarlik, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda yoshlarning ahamiyati va xizmatga masʼuliyat bilan yondashish kabi masalalar haqida fikr yuritildi.
Yakunda faol va tashabbuskor yoshlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.



