FVV xodimlari g‘olib va sovrindorlar qatorida!
2025-12-23 16:55:00 / Yangiliklar

Qizg‘in bo‘lib o‘tgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasidan: Qashqadaryo viloyati FVB xodimi Ziyodullayev Botir 70 kg vazn toifasida I o‘rinni, Surxandaryo viloyati FVB xodimi Yo‘ldoshev Jamshid esa 75 kg vazn toifasida I oʻrinni egallab ushbu vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Qashqadaryo viloyati FVB xodimi Shuhratov Firdavs 65 kg vazn toifasida III o‘rinni, Jizzax viloyati FVB xodimi Axmedov Kamron 75 kg vazn toifasida III o‘rinni, Samarqand viloyat FVB xodimi Shamsidinov Muhammadali 95 kg vazn toifasida II o‘rinni egalladi.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimizni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.


