Davlat nazorati inspektorlari bilan oʻquv yigʻini tashkil etildi
2025-12-23 16:20:00 / Yangiliklar
FVV Markaziy apparatida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligining inspektor, katta inspektor va bosh inspektorlari bilan uch kunlik onlayn oʻquv yigʻini boshlandi.

Bugun, 23-dekabr kuni o‘quv yigʻini dasturining ochilishida vazir o'rinbosari polkovnik X.Sotiyev va Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi departamenti mas’ullari qatnashib, Favqulodda vaziyatlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida batafsil ma’lumot berildi.
O‘quv yig‘ini dasturiga Davlat nazorati inspektorlarining faoliyati bo‘yicha 36 ta mavzu kiritilgan. Dastur doirasida mavzularni batafsil yoritib berish uchun FVV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari jalb etildi.


