Bugun, FVV Markaziy apparatida soha yo‘nalishidagi ilmiy ishlarni rivojlantirish boʻyicha idoralararo kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirlik, idoralar olimlari hamda soha vakillari ishtirok etdi
2025-12-23 12:50:00 / Yangiliklar
Tadbirda, FVV tizimidagi ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyati yuzasidan amalga oshirilayotgan tizimli tadbirlar, aholining barcha qatlamini zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash shuningdek, umumta’lim maktablari darsliklarida tabiiy ofatlardan biri bo‘lgan zilzilaga oid mavzularning tahlili bo‘yicha ham o‘zaro fikr almashildi.

Tadbir yakunida, idoralararo kengash a’zolari tomonidan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan dolzarb masalalar tahlil qilinib, ilmiy yondashgan holda bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.



