FVV xodimlari tomonidan qish mavsumini betalafot o‘tkazish yuzasidan keng qamrovli profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
2025-12-23 10:40:00 / Yangiliklar

Ushbu tadbirlar hamkor tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhlar tomonidan olib borilmoqda. Profilaktik tadbirlarda asosiy e'tibor odamlar ommaviy bo‘ladigan joylar, bozorlar, savdo majmualari, ovqatlanish maskanlari shuningdek, aholi yashash xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga qaratilmoqda.
Bu kabi targ‘ibot tadbirlari sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish shuningdek, yong‘inlar, is gazidan zaharlanish va gaz-havo aralashmasi chaqnashi hodisalarini oldini olishga qaratilgan.



