Bugun, 22-dekabr kuni Chirchiq shahar hokimligida Chirchiq shahrida “Mahalla muhofazasi” loyihasining amalga oshirilishi yuzasidan taqdimot boʻlib oʻtdi.
2025-12-22 16:15:00 / Yangiliklar
Unda, Chirchiq shahar hokimi, Toshkent viloyati FVBB boshligʻi, Chirchiq shahar harbiy prokurori, Respublika ishchi guruhi aʼzolari shuningdek, shahar hududida faoliyat yuritayotgan mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari ishtirok etdi.

Taqdimot davomida “Mahalla muhofazasi” xodimlarining vazifa va majburiyatlari, mahallalarda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlarning tartibi va asosiy tamoyillari, idoralararo hamkorlik mexanizmlari, fuqarolar bilan yaqin hamkorlikda ishlash usullari hamda loyiha doirasida koʻzlangan asosiy maqsad va undan kutilayotgan ijobiy natijalar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi.
Tadbir yakunida masʼul rahbarlar tomonidan mahalla raislariga loyiha ijrosini samarali tashkil etish, joylarda tushuntirish ishlarini kuchaytirish hamda aholi xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshirish boʻyicha tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.




