"Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!"
2025-12-22 13:25:00 / Yangiliklar
Buxoroda "Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!" shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbiri bo‘lib o‘tdi

Tadbirda, Buxoro viloyati FVB, "LUOK" MCHJ OBYOXTTE markazi hamda Milliy gvardiya Buxoro viloyat boshqarmasi rahbarlari ishtirokida Buxoro davlat universitetida Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi bilan hamkorlikda "Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!" shiori ostida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi ma'naviy-ma'rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Unda soha rahbarlari xizmat tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, vatanparvarlik, fidoyilik va mas’uliyat haqida hayotiy misollar keltirilib, yoshlarni faol va tashabbuskor bo‘lishga undadi. Tadbirda yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.





