“Qutqaruvchi (askar) ota-onalarini sharaflaymiz”
2025-12-22 12:10:00 / Yangiliklar
FVV Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasida muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar bilan ularning ota-onalari ishtirokida “Qutqaruvchi (askar) ota-onalarini sharaflaymiz” mavzusida video-uchrashuv tarzida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi

Xususan, Namangan, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlari FVBda tashkil etilgan video-uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻz xizmat burchini oʻtayotgan askarlar ota-onalari bilan samimiy muloqoti shular misolidandir.
Muloqot davomida namunali xulqi va tashabbuskorligi bilan ajralib turgan qutqaruvchi (askar)larning ota-onalariga boshqarma boshliqlarining tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.







