“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2025-12-19 17:30:00 / Yangiliklar
Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida keng koʻlamli maʼnaviy-maʼrifiy hamda Vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazildi.

Ushbu tadbirlarda maktab oʻquvchilari, talabalar hamda uyushmagan yoshlar faol ishtirok etib, ularga yongʻin-qutqaruv texnikalari va maxsus asbob-anjomlar, qurol-aslahalar koʻrgazmalari namoyish etildi. Shuningdek, harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan konsert dasturlari ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.









