Hududlarda "Vatanparvarlik oyligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda
2025-12-19 14:40:00 / Yangiliklar
“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida Andijon viloyati FVBda “Millat fidoyilari” hamda “Mard askarga sovgʻa” rukni ostida chop etilgan kitoblar taqdimoti va Fargʼona davlat universiteti talabalari uchun keng koʼlamli maʼnaviy-maʼrifiy hamda vatanparvarlik tadbir tashkil etildi.

Taqdimot davomida vatanparvarlik, milliy gʻurur, ona yurtga sadoqat hamda harbiy xizmatchilarning jamiyatdagi oʻrni haqida mazmunli fikrlar bildirilib, kitoblarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati alohida taʼkidlandi.
Shuningdek, Fargʻona viloyatida tashkil etilgan vatanparvarlik tadbirida viloyat FVB va Milliy gvardiya xodimlari talabalar uchun koʻrgazmali chiqishlar, texnika namoyishlari va amaliy mashgʻulotlar namoyish etdilar. Ishtirokchilar zamonaviy harbiy va qutqaruv texnikalari bilan tanishib, ularning ishlash printsiplari va xavfsizlik choralarini amalda koʻrish imkoniyatiga ega boʻldilar.






