Ishlab chiqarish korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
2025-12-19 13:20:00 / Yangiliklar

"Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va "Navoiyuran" DK obyektlarida favqulodda vaziyatlar markazi xodimlari tomonidan ishlab chiqarish korxonasida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasida o‘tkazilgan ushbu o‘quv mashg‘ulotida obyekt yig‘ma komandasi tomonidan shartli sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy harakatlar bajarildi. Tadbir yakunida mashg‘ulot tahlil qilinib, tadbir ishtirokchilarga kerakli tavsiyalar berildi.






