Harbiy-vatanparvarlik oyligi doirasida askar ota-onalari eʼzozlandi
2025-12-19 10:00:00 / Yangiliklar

FVV Akademiyasi huzuridagi Malaka ochirish markazi, Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi va viloyat FVB hamkorligida oʻtkazilgan ushbu tadbir davomida harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar hamda ularning ota-onalari videoaloqa tizimi orqali jonli muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻldilar. Ushbu uchrashuv ota-onalar uchun farzandlarining xizmat sharoitlari va ruhiy holati bilan yaqindan tanishish, askarlar uchun esa oila aʼzolarining qoʻllab-quvvatlovini his etish imkonini berdi.
Shuningdek, boshqarma boshligʻi tomonidan askarlarning ota-onalariga tashakkurnomalar topshirilib, ularning farzand tarbiyasidagi fidoyiligi, Vatanga sadoqatli va mard yigitlarni voyaga yetkazganliklari alohida eʼtirof etildi.
Tadbir davomida vatanparvarlik, ota-onaga hurmat, harbiy burchga sadoqat kabi ezgu qadriyatlar keng targʻib etildi.







