Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Oʻzbekistondagi Jahon Banki vakillari o‘rtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi
2025-12-19 09:25:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 8-oktyabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga milliy favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazilgan edi. Ushbu taqdimotda sohani institutsional, texnik va kadrlar salohiyati nuqtai nazaridan modernizatsiya qilish, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro moliya institutlari, jumladan Jahon banki grant mablagʻlarini jalb etish orqali FVVning kelgusidagi rivojlanish loyihalarini amalga oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu maqsadda, kuni kecha vazirlik Markaziy apparatida Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari polkovnik S.T.Zuparov va Oʻzbekistondagi Jahon Banki katta mutaxassisi Axsan Texsin bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida, Favqulodda vaziyatlar vazirligini qoʻllab-quvvatlash borasida Jahon banki tomonidan qanday turdagi moliyaviy, texnik yoki ekspertlik yordami koʻrsatilishi mumkinligi masalalari muhokama qilindi.


