“Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2025-12-18 15:45:00 / Yangiliklar
Buxoro, Navoiy viloyatlari FVB, Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi Ixtisoslashtirilgan tabiatni tiklash batalyoni hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq tumani FVB tomonidan “Milliy armiya — Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida "Shukronalik soati", “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari tashkil etildi.

Tadbirda tizimda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, yoshlar, harbiy kuch tuzilmalari hamda Yoshlar Ittifoqi hududiy kengashlari masʼul vakillari ishtirok etdilar. Jarayonda “Vatanparvarlik oyligi” doirasida milliy armiyamizning yurt himoyasidagi oʻrni, tinchlik va barqarorlikni taʼminlashdagi masʼuliyati, shuningdek, soha faoliyati haqida atroflicha soʻz yuritildi. Ishtirokchilarga Vatan himoyasi yoʻlida xizmat qilish – sharafli va masʼuliyatli burch ekani yana bir bor taʼkidlandi. Shuningdek, yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning tashabbus va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlash, xizmat faoliyatida masʼuliyat va intizomni mustahkamlash masalalariga haqida tushuntirib oʻtildi.







