“Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!”
2025-12-18 11:35:00 / Yangiliklar
Fargʻona va Sirdaryo viloyatlari FVBda “Milliy armiya – Ona yurt qalqoni, tinchligimiz posboni!” shiori ostida “Vatan tuygʻusi barcha narsadan qadrli!” mavzusida hamda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlari oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, yoshlar hamda faollar ishtirok etdilar. Tadbirlar samimiy va ochiq ruhda oʻtkazilib, yoshlar uchun muhim motivatsiya manbai boʻldi. Tadbir ishtirokchilari fidoyilik, masʼuliyat va vatanparvarlik ruhida xizmat qilish, yoshlar orasida milliy gʻurur va Vatanga sadoqat hissini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi.
Tadbir davomida bildirilgan taklif va savollar atroflicha koʻrib chiqilib, ular yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.







