"Qamchiq" dovonida FVV muvofiqlashtiruvida kompleks qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi o‘z yakuniga yetdi
2025-12-18 10:50:00 / Yangiliklar
Unda, 40 dan ortiq vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilning 16-17-dekabr kunlari A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining "Qamchiq" dovoni qismida oʻtkazilayotgan kompleks qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻz yakuniga yetdi. Unda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi boshqaruv organlari, kuch va vositalarining dovon hududida tabiiy, texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha bir nechta oʻquv nuqtasida hamkorlikdagi harakatlari sinovdan oʻtkazildi.









