FVV xodimlari g‘olib va sovrindorlar qatorida
2025-12-13 17:55:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 11-13 dekabr kunlari Samarqand shahrida Qurolli Kuchlar hamda Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha Respublika chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu musobaqada Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ham munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi.
Mazkur chempionatda, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, Prezident Davlat xavfsizligi xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Milliy Gvardiyasi va Bojxona qo‘mitasining harbiy xizmatchi va xodimlari ishtirok etdi.
Qizg‘in va murosasiz bo‘lib o‘tgan baxslarda Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasidan, 66 kg vazn toifasida Surxondaryo viloyati FVB Ashurov Avazbek hamda 73 kg vazn toifasida Yuldoshev Jamshid I o‘rinni, 73 kg vazn toifasida Toshkent viloyati FVB Safarov Javoxir II o‘rinni, 66 kg vazn toifasida Qashqadaryo viloyati FVB Shuxratov Firdavs va Sherbek Ablakulovlar III o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra umumjamoa hisobida Ichki ishlar vazirligi jamoasi I o‘rinni, Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi II o‘rinni, Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi III o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
Fursatdan foydalanib, hamkasblarimizni ushbu natija bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz!

