Profilaktik tadbirlar – favqulodda vaziyatlarning oldini olish demakdir
2025-12-13 10:45:00 / Yangiliklar

Jarayonda soha xodimlari tomonidan “Yongʻin xavfsizligi oyligi” doirasida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari, bozorlar, savdo majmualari, umumiy ovqatlanish shoxobchalari, odamlar koʻp toʻplanadigan maskanlar va boshqa obyektlarda sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar va oʻquv mashqlari kunu tun amalga oshirilmoqda.
Tadbirlar davomida qish mavsumini betalafot oʻtkazish borasida avariya-tiklash guruhlarning tayyorgarligi va zahiralari oʻrganilmoqda. Shuningdek, aholiga zaruriy eslatmalar tarqatilib, gaz ballonlari bilan bogʻliq chaqnashlar, yongʻin, is gazidan zaharlanish, botulizm va boshqa sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.







