Ma’naviy yetuk harbiylar – Vatanimizning mustahkam qalqoni!
2025-12-12 18:05:00 / Yangiliklar

Bugun, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar – davra suhbatlari va master-klasslar, faxriylar va nuroniylar ishtirokida "Avlodlar uchrashuvi", kitobxonlik kechalari, yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni”, taniqli ijodkorlar va adiblar ishtirokida ijodiy uchrashuvlar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarning maʼnaviyati va dunyoqarashini kengaytirishga, ularni vatanparvar, fidoyi, sadoqatli, halol inson, xalqimizning chinakam himoyachisi bo‘lib shakllanishiga xizmat qilmoqda.







