FVV “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovida “Eng faol kitobxon vazirlik” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi
2025-12-12 17:05:00 / Yangiliklar
Bugun, 12-dekabr kuni Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi “Eng namunali tuman va shahar” hamda “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Quvonarlisi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jamoasi ham 200 dan ortiq vazirlik va idoralar oʻrtasida oʻtkazilgan ushbu tanlovda faol ishtirok etib, “Eng faol kitobxon vazirlik” nominatsiyasi gʻolibligini qoʻlga kiritdi hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Oʻz navbatida, hamkasblarimizni mazkur yutuq bilan qizgʻin muborakbod etgan holda, kelgusida bundanda yuqori natijalarni qoʻlga kiritishlarini tilab qolamiz.






