Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi
2025-12-12 15:20:00 / Yangiliklar
Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.B.Kudratxodjayev, Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari, shuningdek, tegishli idoralar masʼullari, Vazir oʻrinbosarlari, vazirlik Markaziy apparati tuzilmalari, hududiy bosh boshqarmalar va tarkibiy tuzilmalar boshliqlari va mamlakatimizdagi yirik quruvchi kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi.
Jarayonda korrupsiyani bartaraf etish va ochiqlikni taʼminlash borasidagi ishlar, amaliy natijalar, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusi vazifalar yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.
Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan ushbu tadbirda tadbirkorlarning soha yoʻnalishi boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolari tinglandi va ularning tezkor ijobiy yechimi xususida masʼullarga topshiriq va vazifalar belgilandi.
