Ommaviy sayyor qabul – murojaatlarga joyida yechim
2025-12-11 18:50:00 / Yangiliklar

Bugun, 11-dekabr kuni Bosh prokuror oʻrinbosari – Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, Favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari, Toshkent viloyati FVBB rahbariyati hamda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbariyati tomonidan Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.
Dastlab ochiq muloqot oʻtkazilib, mamlakatimizda Konstitutsiyamiz normalari asosida amalga oshirilayotgan xalqchil islohotlar va ularning hayotiy ifodasi, harbiylar hamda ularning oila aʼzolari uchun yaratilgan imkoniyat va joriy etilgan imtiyozlar haqida atroflicha soʻz bordi.
Soʻngra, Toshkent viloyatida xizmat olib borayotgan harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari, faxriylar va yoshlarning murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar masʼullar ishtirokida koʻrib chiqildi.
Asosiy eʼtibor murojaatlarni oʻz vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.



