Hududlarda "Aksilkorrupsiya oyligi" doirasida profilaktik tadbirlar tashkil etildi
2025-12-11 15:25:00 / Yangiliklar

Tadbirlarda, shaxsiy tarkib orasida korrupsion holatlarning oldini olish, tartib-intizomni mustahkamlash, intizom buzilishlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish borasida so‘z yuritildi. Xizmat faoliyatida shaffoflik, adolat va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, harbiy xizmatchilarning kasbiy etika qoidalariga rioya etishi zarurligi alohida ta’kidlandi.
Yakunda korrupsiyaning ayanchli oqibatlari haqida real hayotiy misollar orqali tushuntirishlar berildi.









